Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

Mahsulot haqida

Mol-mulk — bu insonning yillar davomida yaratgan, ortirgan va avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan boyligidir. Turar-joy, ofis binosi, savdo markazi, ishlab chiqarish korxonasi yoki ombor bo‘lsin — har qanday mulk kutilmagan xatarlar: yong‘in, tabiiy ofat, o‘g‘rilik yoki boshqa hodisalar tufayli bir zumda zarar ko‘rishi yoki butunlay yo‘qolishi mumkin. Sug‘urtalangan mulk egasi nafaqat moddiy himoya, balki ma’naviy halovat ham topadi.

Afzalliklar

1
Islom moliyasi sohasidagi mutaxassislar yordamida ishlab chiqilgan mahsulot.
2
Sug‘urta hodisasini tezkor ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovi.
3
Sug‘urta davri tugagandan so‘ng takoful sug‘urta badali qoldig‘i ishtirokchilarga qaytariladi.
4
Onlayn ariza topshirish va polisni rasmiylashtirish imkoniyati.

Sug‘urta obyektlari

-Turar-joy mulki — Kvartira, uy, ko‘p qavatli turar-joy binolari;

-Tijorat ko‘chmas mulki — Ofis binolari, savdo markazlari, restoran va mehmonxonalar;

-Uskunalar va jihozlar — Ofis, tibbiy, sanoat va laboratoriya asbob-uskunalari.

Sug‘urta qoplaydigan xatarlar

-Yong‘in – moddiy qimmatliklarning yo‘q qilinishi yoki zararlanishi bilan kechadigan va odamlar hayotiga xavf tug‘diradigan nazorat qilinmaydigan yonish jarayoni;

-Tabiiy ofatlar – yuz berishi vaqti noaniqligі va odamlarning halok bo‘lishini keltirib chiqarishi va moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning noma‘lumligi bilan tavsiflanadigan falokatli tabiiy holatlar va jarayonlar. Tabiiy ofatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ammo ushbu ro‘yxat bilan cheklanib qolmaydi: yashin urishi, zilzila, ko‘chki, yer ko‘chishi, sel, bo‘ron, quyun, dovul, po‘rtana, uyurma, vulqon otilishi, toshqin, suv toshishi, jala, do‘l, mazkur joy uchun uzoq davom etadigan yomg‘irlar yoki kuchli qorning ta’siri, sizot suvlarining chiqishi, zaminning cho‘kishi, muz ostiga o‘pirilib tushish, predmetlar va daraxtlarning yiqilishi.

Takoful sug‘urtasi uchun ariza rasmiylashtirish

Ariza beruvchi ma'lumotlari

Arizachining to‘liq ismi-sharifi*
Telefon raqami
+998

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!