Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

Mahsulot haqida

Qurilish va montaj ishlari — bu eng murakkab va ko‘plab tavakkalchilikka ega bo‘lgan sohalardan biridir. Poydevor qazishdan tortib to binoni topshirishgacha bo‘lgan har bir bosqichda kutilmagan hodisalar: qurilish jihozlarining ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar, qurilish jarayonida uchinchi shaxslarga zarar yetkazish — barcha bu holatlar jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Afzalliklar

1
Islom moliyasi sohasidagi mutaxassislar yordamida ishlab chiqilgan mahsulot.
2
Sug‘urta hodisasini tezkor ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovi.
3
Sug‘urta davri tugagandan so‘ng takoful sug‘urta badali qoldig‘i ishtirokchilarga qaytariladi.
4
Onlayn ariza topshirish va polisni rasmiylashtirish imkoniyati.

Sug‘urta obyektlari

-Fuqarolik qurilishi — Ko‘p qavatli turar-joy binolari, ofis markazlari, mehmonxonalar, savdo komplekslari;

-Sanoat qurilishi — Zavodlar, ishlab chiqarish korxonalari, energetika obyektlari, sanoat korxonalari;

-Infratuzilma qurilishi — Yo‘llar, ko‘priklar, tunnellar, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari;

-Montaj ishlari — Mexanik, elektr, gidravlik va texnologik uskunalarni o‘rnatish;

-Qishloq xo‘jaligi obyektlari — Irrigatsiya tizimlari, suv omborlari, ferma va agrokomplekslar qurilishi;

-Maxsus qurilish ishlari — Poydevor mustahkamlash, yer osti inshootlari, ko‘tarish va kran ishlari.

Sug‘urta qoplaydigan xatarlar

-yong‘in, yashin, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o‘zidan-o‘zi yonishi;

-o‘g‘irlik va uchinchi shaxslarning yovuz harakatlari;

-suv toshqini va suv bosishi, quvurlar yorilishi;

-bo‘ron, dovul;

-zilzila, sel, qor qo‘chishi, yer cho‘kishi, ko‘chki, yer siljishi;

-mashina va mexanizmlarning, qurilish materiallari va konstruktsiyalarining qulashi;

-bilmay turib ishlatilgan nuqsonli materiallar va konstruktsiyalardan zarar yetishi.

Takoful sug‘urtasi uchun ariza rasmiylashtirish

Ariza beruvchi ma'lumotlari

Arizachining to‘liq ismi-sharifi*
Telefon raqami
+998

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!