Такофул Gross Insurance
Горячая линия: 1166
Страховой случай Купить полис
Takoful

Takoful - Islom sug'urtasi

ISLOM MOLIYASI QOIDALARI BO‘YICHA SUGʼURTА

YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN

“GROSS SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ "Islom sug'urtasi" yo'nalishini ochdi

TAKOFUL – islom moliyasi tamoyillariga muvofiq mijozlardan sugʼurta badallarini jamgʼarish va ushbu jamgʼarma hisobidan zarar koʼrgan mijozlarga zararlarini qoplashdan iborat.

Takоful (Arab. تكافل o'zaro kafolatlar berish) – Islom sug'urtasi. Takofulning asosida islom moliyasi tamoyillariga muvofiq ishtirokchilar o'rtasida zararlarni taqsimlash mexanizmi yotadi.

Takofulning asosiy maqsadi — foyda olish emas, balki fond ishtirokchilariga o'zaro yordam berishdir.

Takоful uchun asosiy "taqiqlar" quyidagilar: g’arar - noaniqlik yoki chayqovchilik, maysir — xavf/garovni o'z ichiga olgan o'yin, ribо – sudxo‘rlik (islomda bu foiz miqdoridan qat’iy nazar foiz evaziga qarz berishdir).

“AN’ANAVIY SUG'URTADAN FARQLARI

Sugʼurtalovchi takoful operatori sifatida ish olib boradi
Takoful sug’urta zaxiralari sug’urtalovchining foydasi hisoblanmaydi
Takoful Sug’urta Kengashi tomonidan operatsiyalar nazorat qilinadi
Takoful zaxirasidagi ortiqcha mablagʼlar qaytariladi

ISLOMIY SUGʼURTANI BOSHQARISH MODELI

“GROSS SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ Takоful operatsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruvning vakala modelini tanladi. To’langan takoful sug‘urta badallardan takоful sug'urta zaxirasi tashkil etiladi, uning resurslari ishtirokchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun ishlatiladi.

Takoful
  • Ishtirokchilar takoful operatoriga ixtiyoriy takoful sug’urta badalini to’laydilar.
  • Takoful operatori kelib tushgan badallardan ma’lum ulush bilan chegaralangan miqdorda daromad oladi.
  • Badallar takoful zaxirasini to'ldiradi va zaxiradan operator zararlarni qoplash to'lovlarini amalga oshiradi.
  • Takoful sug’urta zaxiralarining ma’lum qismi (qoplash to'lovlari va operator komissiyasini olib tashlagan holda) ishtirokchilarga qaytarilishi mumkin

SUG’URTA XIZMATLARI

TRANSPORT VOSITALARINI SUGʼURTALASH
MOL-MULKNI SUGʼURTALASH
YUKLARNI SUGʼURTALASH
TIBBIY SUGʼURTALASH (Kasalliklar va baxtsiz hodisalar)

Мобильное приложение

Загрузите наше новое мобильное приложение и всегда держите под рукой простой и быстрый доступ к нашей службе поддержки клиентов, оформлению полисов страхования в режиме онлайн

Мобильное приложение