Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini (XIOni) sug‘urta qilish

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sug‘urta qilish — biznesingizni sanoat xavf-xatarlaridan himoya qilish demak.

Polis quyidagi zararlarni qoplaydi

Avariya vaziyatlarida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar.

Xavfli obyektdagi avariya yoki favqulodda hodisa natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar.

Afzalliklari

Majburiy himoya: O‘zbekiston Respublikasi hududida biznesingiz himoyasini kafolatlaydigan sanoat xavfsizligining majburiy talabi.

Sug‘urta summasi miqdori: minimal to‘lov miqdori qabul qilingan tasnifga muvofiq ishlab chiqarish obyektining xavflilik turiga bog‘liq holda belgilanadi.

Tun-u kun qo‘llab-quvvatlash: yuqori darajadagi xizmat va mijozlarni tun-u kun onlayn qo‘llab-quvvatlash.

Tezkor javob: so‘rovlaringiz va sug‘urta hodisalariga tezkor javob berishni kafolatlaymiz.

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sodir bo‘lgan voqea haqida zudlik bilan vakolatli organlarga (yong‘in xavfsizligi, ichki ishlar organlari va boshqalar) xabar bering.
Biz bilan 1166 qisqa raqami orqali bog‘laning.
Barcha kerakli hujjatlarni taqdim eting.
Sug‘urta tovonini to‘lash uchun arizani rasmiylashtiring.Sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi yozma ariza sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida tuziladi va sug‘urtalovchiga taqdim etiladi.

Eng qulay roʻyxatdan oʻtish usulini tanlang

Onlayn

Kerakli ma’lumotlarni toʻldiring va onlayn polis haqqini toʻlang.

Telefon orqali

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Kompaniyaning ofislarida

Eng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!