Ko‘rinish

Shrift o'lchami

Kattalashtirish 0%
Русский
O'zbek
English

QMTni (Qurilish-montaj tavakkalchiliklarini) sug‘urta qilish

Qurilish-montaj tavakkalchiliklarini sug‘urtalash — qurilishingizni har bir bosqichda himoya qilish demak.

Polis qanday zararlarni qoplaydi?
Qurilish-montaj tavakkalchiliklarini (QMT) sug‘urta qilish polisi quyidagi vaziyatlardan himoyani ta’minlaydi:

Qurilish obyektlarida mol-mulkka zarar yoki shikast yetkazish.

Qurilish maydonchasida ham, qo‘shni zonalarda ham qurilish ishtirokchilarining yoki uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon yetkazish, shuningdek ularning mol-mulkiga zarar yetkazish.

Afzalliklari:

Individual yondashuv: Biz sizning loyihangiz bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlarni hisobga olgan holda mijozlarning individual so‘rovi bo‘yicha dasturni taklif etamiz.

Maksimal himoya: Barcha holatlar hisobga olinadi va siz qurilish va rekonstruksiya bilan bog‘liq barcha ehtimoliy xavf-xatarlardan sug‘urtalangan bo‘lasiz.

Moslashuvchan shartlar: Biz qurilish, kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish bo‘ladimi, sizning loyihangiz uchun mukammal mos keladigan yechimni taklif qilishga tayyormiz.

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Zararning oldini olish yoki kamaytirish choralarini ko‘ring.
Darhol 1166 qisqa raqami orqali bizga xabar bering.
Bizga barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, yukxatlar va boshqa kerakli hujjatlarni taqdim eting.
Zararga oid barcha xatlar, da’volar va boshqa hujjatlarni taqdim eting.
Sug‘urtalangan obyektni ko‘zdan kechirib, barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urta tovonini to‘laymiz.

Eng qulay roʻyxatdan oʻtish usulini tanlang

Onlayn

Kerakli ma’lumotlarni toʻldiring va onlayn polis haqqini toʻlang.

Telefon orqali

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Kompaniyaning ofislarida

Eng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!