Oʻzingizga mos KASKO-ni tanlang

YTHdan tabiiy ofatgacha: oldindan bilib bo‘lmaydigan narsalardan himoyalangan bo‘ling

GROSS KASKO GOLD — bu keng doirada zararlarni qoplaydigan ixtiyoriy avtosug‘urta bo‘lib, transport vositangizni turli xavf-xatarlardan ishonchli himoyasini ta’minlaydi.

GROSS KASKO GOLD polisi quyidagilar natijasida yetkazilgan zararni qoplaydi

Yo‘l-transport hodisalari — boshqa transport vositalari ishtirokidagi avtofalokatlarda yetkazilgan zararni qoplash

Predmetlarning (daraxt, tosh va shu kabilar) urilishi/qulashi — daraxtlar, toshlar va boshqa obyektlarning qulashi yoki urilishidan kelib chiqadigan shikastlanishlardan himoya qilish

Yong‘in va portlash — yonish yoki portlash natijasida yetkazilgan zararni qoplash

Uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari — uchinchi shaxslarning qasddan qilingan xatti-harakatlarida yetkazilgan zararni qoplash

Tabiiy ofatlar — suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, ko‘p qor yog‘ishi, yer siljishi, ko‘chki, sel, yashin urishi, zilziladan himoya qilish

GROSS KASKO GOLD afzalliklari

Zararni YHXBdan ma’lumotnoma olmagan holda qoplash — zarar miqdori sug‘urta summasining 5 foizidan oshmagan taqdirda, YHXBdan ma’lumotnoma talab qilinmaydi (bundan uchinchi shaxslar ishtirokidagi YTH, yong‘in, portlash yoki g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar mustasno).

Evakuator xarajatlarini qoplash — shikastlangan transport vositasining evakuatsiyasini tashkillashtirish va haqini to‘lash

Baholashga oid xarajatlarni qoplash — avtomobilga yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash

Qoplashdagi istisnolar

Svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanishni buzish

Tezlik rejimini buzish

Belgilangan yo‘nalishga qarshi harakatlanishni buzish

Temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzish

Transport vositasini alkogol/giyohvand modda ta’siridan mast holda boshqarish

«KASKO GOLD» boʻyicha ommaviy oferta8.8 MB
Sugʻurtani 4 bosqichda rasmiylashtirish
Zudlik bilan hisoblash
Narxni darhol bilib oling
3 daqiqada roʻyxatdan oʻtish
3 daqiqa ichida toʻldirish
Onlayn toʻlov
Har qanday usullar bilan toʻlash
Elektron polisni yuklab olish
Toʻlovdan keyin polisni yuklab oling
Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak

To‘xtang va avariya chirog‘ini yoqing — hodisa joyini xavfsiz qiling
O‘zingiz va yo‘lovchilar holatini baholang. Jabrlanganlar bor bo‘lsa, tez yordamni (103) chaqiring va birinchi yordam ko‘rsating
YTHni rasmiylashtirish uchun DYHXXni chaqiring
Yevroprotokolni rasmiylashtirmang — u KASKO bo‘yicha ishlamaydi
1166 qisqa raqami orqali GROSS kompaniyasiga qo‘ng‘roq qiling
Inspektorlar kelmaguncha avariya joyidan ketmang — bu qonunbuzarlik
Barchasini yozib oling — shikastlanishlar va holatni fotosuratga/videotasvirga oling
Voqea joyida bayonnoma rasmiylashtirilishini kuting

Eng qulay roʻyxatdan oʻtish usulini tanlang

Onlayn

Kerakli ma’lumotlarni toʻldiring va onlayn polis haqqini toʻlang.

Telefon orqali

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markaziga 1166 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Kompaniyaning ofislarida

Eng yaqin ofisga keling va ma’lumotlarni toʻldiring.

Mijozlar va hamkorlar

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilishda bizga ishonadi!

Mijozlarning sharhlari

Nima uchun mijozlar oʻz xavfsizligini bizga ishonishlarini bilib oling

Avtosugʻurta

“Birinchi marta sug‘urtani rasmiylashtirdim, va bu yoqimli tajriba bo‘ldi! Hammasi tez, oson va ortiqcha savollarsiz amalga oshirildi. Kompaniya xodimlari har doim yordamga tayyor va foydali maslahatlar berishadi. Shunday ishonchli hamkor bilan o‘zimni xotirjam his qilaman!”

Aleksey
Avtosugʻurta

“Sug‘urtani birinchi marta rasmiylashtirdim va yoqimli hayratda qoldim! Hammasi tez va ortiqcha tashvishlarsiz o‘tdi. Kompaniya mutaxassislari har doim muloqotga va yordam berishga tayyor. Shunday ishonchli hamkor tufayli o‘zimni to‘liq xavfsizlikda his qilaman!”

Mixail