IBFJMSQ
POLISNI BIZDA RASMIYLAShTIRIShNING ASOSIY AFZALLIKLARI- IBFJMSQ polisini ofisdan chiqmay turib rasmiylashtirish imkoniyati. Arizangizni bizning saytimizda qoldiring va operatorimiz sug‘urta shartnomasini tuzish uchun Siz bilan bog‘lanadi;
- Shartnoma qiymati hisoblanganidan va to‘langanidan keyin biz Sizning IBFJMSQ polisingiz Siz uchun qulay joyga va vaqtda kur'er orqali yetkazib beriladi;
- Xarajatlarni baxtsiz hodisa natijasida yetkazilgan zarar o‘rnini to‘ldirish ko‘rinishida qoplash;
- 1166 qisqa raqami orqali Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining mavjudligi;
- Tezkor tarzda sug‘urta hodisalariga nisbatan javob qaytarish va ularni ko‘rib chiqish;
- Sug‘urta muddatini imkon qadar tezda va qulaylik yaratgan holda uzaytirish imkoniyati.
- Ishlab chiqarishda shikastlanish/mayib bo‘lish
- Kasb kasalliklari
- Ishlab chiqarish jarayonida sog‘lig‘iga boshqacha tarzda yetkazilgan jismoniy ziyon
- IBFJMSQ polisi jabrlanuvchi shaxsga yetkazilgan ma'naviy zarar to‘lanishini nazarda tutmaydi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan oyga qadar oldingi o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida belgilanadi.
Majburiy sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta pullari sug‘urtalovchi javobgarligining eng yuqori limiti bo‘lib hisoblanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va ish beruvchining faoliyat turiga (IFUT) bog‘liq bo‘ladi.
Eng qulay xarid qilish usulini tanlang
Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?
- Zararni oldini olish yoki kamaytirish uchun choralar ko'ring
- 1166 qisqa raqam bilan darhol bizga xabar bering
- Bizga barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar va boshqa kerakli hujjatlarni taqdim eting
- Zarar bilan bog'liq barcha xatlar, da'volar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni yuboring
Keyin sug'urta obekti tekshirilgandan so'ng, iloji bo'lsa, sug'urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etish (almashtirish, ta'mirlash) bilan shug'ullanamiz
Отзывы и партнеры компании Gross Insurance
Ko`rish