KASKO GROSS PLATINUM
Yagona raqam: 1166
Sug‘urta hodisasi Sug‘urta polisini xarid qilish
KASKO GROSS PLATINUM

GROSS KASKO PLATINUM

100% to‘lov kafolati! Hech qanday istisnolar yo‘q!

GROSS KASKO PLATINUM
nimani qoplaydi?

Barcha xavf-xatarlardan transport vositasining nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi.

  • Yo'l-transport hodisasi.
  • Predmetlarning (daraxtlar, toshlar va boshqalar) urilishi/qulashi.
  • Yong'in, portlash.
  • Uchinchi shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari.
  • Tabiiy ofatlar (suv toshishi, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, kuchli qor yog‘ishi, o‘pirilish, yer ko‘chishi, sel, yashin urishi, zilzila).
  • O'g'irlash.
  • Sug'urta qamrovida hech qanday istisnolar yo'q.

Mahsulotning o‘ziga xos jihatlari:
  • Zarar miqdori sug‘urta summasining 10 foizidan oshmagan hollarda (uchinchi shaxslar ishtirokidagi YTH, yong‘in, portlash yoki uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelgan sug‘urta hodisalari bundan mustasno) YHXBdan ma’lumotnoma olish shart emas.
  • Agar zarar miqdori sug‘urtalangan summaning 1 foizdan oshmasa, uchinchi shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari (avtoturargohda, to‘xtash joylarida va h.k.) holatlarida YHXBdan ma'lumotnoma olish shart emas.
  • Mahsulot narxiga texnik yordam ko‘rsatish (yoqilg‘i to'ldirish, dvigetelni ishga tushirish, zaxira g‘ildirakni almashtirish) bo‘yicha 24/7 rejimida noyob xizmat turi kiradi.
  • Evakuator xarajatlari qoplanadi.
  • Baholash xarajatlari qoplanadi.
Onlayn rasmiylashtirish

Eng qulay rasmiylashtirish usulini tanlang

Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

  • 1166 qisqa raqam bilan darhol bizga xabar bering
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda voqea to'g'risida vakolatli organlarga (UBDD, OPO, OVD va boshqalar) murojaat qiling
  • Shikastlangan transport vositasini harakatlantirmang
  • Qayta tiklash jarayoni boshlanishidan oldin bizga ishkastlangan avto mashinani tagdim eting
  • Bizga sug'urta tovonini to'lash to'g'risida ariza yuboring, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak
    • sug'urta polisi yoki uning nusxasi
    • materiallar (qaror, ayblov xulosasi, sud qarori yoki boshqalar)
    • sug'urtalangan transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (texnik pasport)
    • haydovchining pasporti yoki haydovchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxalari
    • moddiy zararni baholash to'g'risidagi hisobot

* Shartnoma shartlariga muvofiq, hujjatlar va harakatlar ro'yxati turli hil bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz: agar zarar miqdori sug'urta summasining 5 (besh) foizidan oshmasa va zarar uchinchi shaxslar ishtirokidagi baxtsiz hodisa, yong’in, portlash natijasida kelib chiqmasa, yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etish shart emas.

Что делать при возникновении страхового случая

Отзывы и партнеры компании Gross Insurance

Отзывы наших клиентов
Mijozlarimizning
fikr-mulohazalari
Ko‘rish
Bizning hamkorlarimiz Все партнеры

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova