nimani qoplaydi?
Barcha xavf-xatarlardan transport vositasining nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi.
- Yo'l-transport hodisasi.
- Predmetlarning (daraxtlar, toshlar va boshqalar) urilishi/qulashi.
- Yong'in, portlash.
- Uchinchi shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari.
- Tabiiy ofatlar (suv toshishi, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, kuchli qor yog‘ishi, o‘pirilish, yer ko‘chishi, sel, yashin urishi, zilzila).
- O'g'irlash.
- Sug'urta qamrovida hech qanday istisnolar yo'q.
Mahsulotning o‘ziga xos jihatlari:
- Zarar miqdori sug‘urta summasining 10 foizidan oshmagan hollarda (uchinchi shaxslar ishtirokidagi YTH, yong‘in, portlash yoki uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelgan sug‘urta hodisalari bundan mustasno) YHXBdan ma’lumotnoma olish shart emas.
- Agar zarar miqdori sug‘urtalangan summaning 1 foizdan oshmasa, uchinchi shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari (avtoturargohda, to‘xtash joylarida va h.k.) holatlarida YHXBdan ma'lumotnoma olish shart emas.
- Mahsulot narxiga texnik yordam ko‘rsatish (yoqilg‘i to'ldirish, dvigetelni ishga tushirish, zaxira g‘ildirakni almashtirish) bo‘yicha 24/7 rejimida noyob xizmat turi kiradi.
- Evakuator xarajatlari qoplanadi.
- Baholash xarajatlari qoplanadi.
Eng qulay rasmiylashtirish usulini tanlang
Sug‘urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?
- 1166 qisqa raqam bilan darhol bizga xabar bering
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda voqea to'g'risida vakolatli organlarga (UBDD, OPO, OVD va boshqalar) murojaat qiling
- Shikastlangan transport vositasini harakatlantirmang
- Qayta tiklash jarayoni boshlanishidan oldin bizga ishkastlangan avto mashinani tagdim eting
- Bizga sug'urta tovonini to'lash to'g'risida ariza yuboring, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak
- sug'urta polisi yoki uning nusxasi
- materiallar (qaror, ayblov xulosasi, sud qarori yoki boshqalar)
- sug'urtalangan transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (texnik pasport)
- haydovchining pasporti yoki haydovchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxalari
- moddiy zararni baholash to'g'risidagi hisobot
* Shartnoma shartlariga muvofiq, hujjatlar va harakatlar ro'yxati turli hil bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz: agar zarar miqdori sug'urta summasining 5 (besh) foizidan oshmasa va zarar uchinchi shaxslar ishtirokidagi baxtsiz hodisa, yong’in, portlash natijasida kelib chiqmasa, yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etish shart emas.

Отзывы и партнеры компании Gross Insurance

fikr-mulohazalari Ko‘rish