Xayriya aksiyasi quyidagi manzillarda o'tkazilmoqda

Agar siz befarq bo'lmasangiz va "Bolalarga ertak sovg'a qiling" xayriya aksiyasida ishtirok etishni xohlasangiz, siz ushbu ezgu ishga quyida keltirilgan manzillarda o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.
21 mart kuni Toshkent shahrining bir necha tumanida kitoblarni qabul qilish shoxobchalari tashkil etiladi:
 
Madaniyat va istirohat bog'larida:
Shayhontohur tumani - Anxor Lokomotiv bog'i
Mirzo Ulug'bek tumani - Lokomotiv bog'i
Yashnobod tumani - Ashxobod bog'i
Olmazor tumani - Nurafshon bog'i
Chilonzor tumani - G'ofur G'ulom bog'i
Mirobod tumani - Furqat bog'i
Sirg'ali tumani - "GREEN PARK" bog'i
 
Savdo va ko'ngil ochish markazlarida:
Samarqand darvoza
Mega Planet 
Compas.
 
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi 12 ta yirik bog'da:
Samarqand - Markaziy madaniyat va istirohat bog'i
Qarshi - Vatanparvar bog'i
Nukus - Yoshlar markazi
Jizzax - Yoshlar shaharchasi bog'i
Farg'ona - Al Farobiy nomidagi madaniyat va dam olish bog'i
Termiz - Termiz shaxridagi bolalar madaniyat va istirohat bog'i
Namangan - Zahiridin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i
Buxoro - Somoniy nomidagi madaniyat va va istirohat bog'i
Guliston - Markaziy madaniyat va istirohat bog'i
Urganch - "Amir Temur" istirohat bog'i
Navoiy - A.Navoiy istirohat bog'i
Xonobod - A.Navoiy istirohat bog'i
 
Agar siz o'z hissangizni qo'shishni xohlasangiz-u, ammi biror sababga ko'ra bayram o'tkazish joylariga bora olmasangiz, sira xavotirlanmang, 21-31 mart kunlari kompaniyaning barcha 114 filialida kitoblarni qabul qilish shoxobchalari o'z ishini davom ettiradi. Kompaniyaning sizga eng yaqin joylashgan filialini "Мобильный помощник GROSS INSURANCE" ilovasining "Ofisni topish" bo'limida topish mumkin.
Biz bilan bolalarga ertak sovg'a qiling!
 
Ma'lumot uchun telefon: 1166