Xorijga chiquvchi sayohatchilarni sug'urtalash

Sayohatni sevuvchilar va safarini hotirjam
o'tkazishni ma'qul ko'ruvchilar uchun sug'urta polisi

Nima uchun onlayn polis afzalroq hisoblanadi?

Bir zumda narxi hisoblanadi va 3 daqiqa davomida rasmiylashtiriladi
Rasmiylashtirilgan polis istalgan ijtimoiy tarmoq (messenjer) yoki elektron pochtaga yuborilishi mumkin
Vaqtdan tejang - hech qayerga borish kerak emas
Polis Toshkentdagi barcha viza markazlari tomonidan e'tirof etiladi
Dunyoning istalgan mamlakatida 24/7 tibbiy yordam

Polisni onlayn xarid qilish uchun 5 ta oddiy bosqichdan o’tish

  • Borayotgan mamlakatingizni va sug'urta dasturini tanlang
  • Polis turini va sayohat davrini tanlang
  • Safarning maqsadini va sayohatchilar sonini belgilang
  • Shaxsiy ma'lumotlarni aniq va to’g’ri to'ldiring
  • To'lovni o’zingiz uchun qulay onlayn tarzda amalga oshiring

Polisning narxi nimaga bog'liq?

  • - tanlangan sug'urta dasturi
  • - sug'urta muddati;
  • - sayohatchilarning yoshi;
  • - sayohatchilar soni;
  • - sayohat maqsadi, shuningdek sug'urta hodisasini yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar

Biz qanday harajatlarni qoplaymiz?

Ambulator va statsionar davolanish;
Shoshilinch stomatologik yordam;
Qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni olib kelish;
Tibbiy evakuatsiya;
Qidiruv va qutqaruv ishlari;
Shifokor tomonidan tayinlangan dori-darmonlarni xarid qilish

Yordam kerakmi?

  • Telefon yoki sug'urta polisida ko'rsatilgan boshqa aloqa vositalari orqali Yordam xizmatiga bog’laning.
  • Zarur hollarda, mehmonxonaga shifokor yoki tezyordam yuborilishi mumkin.
  • Tibbiy muassasaga yetib borguncha Yordam xizmatiga qo'ng'iroq qilish imkoni bo'lmasa, ularga imkon qadar tezroq ma’lum qiling. Xarajatlarni to'lashdan avval Yordam xizmatiga xabar berish va tibbiy xodimlarga sug’urta polisini ko’rsatish kerak.
  • Yordam xizmatiga qo'ng'iroq qilib murojaat qila olmayapsizmi? Bunday holda, xarajatlarni o'zingiz to'lashingiz mumkin, Kompaniya esa davolanish uchun barcha xarajatlarni (to'lov O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan davlat kursi bo'yicha so'mda amalga oshiriladi) O'zbekistonga qaytib, tegishli hujjatlarni taqdim etganingizdan so'ng qoplab beradi.

10 ko'p beriladigan savollar

Albatta, elchixonada taqdim etish uchun polisni chop etishingiz kerak, xolos.

Har ikkala polis bir xil kuchga ega. Biroq, elektron polisni rasmiylashtirish 15% arzonroq, bu esa - tejash uchun yaxshi imkoniyat. Elektron polisni chop etish shart emas. Siz telefoningiz yoki planshetingizda sug'urta polisining “pdf” ko’rinishidagi faylini saqlashingiz va istalgan vaqt chop etishingiz yoki chegarada ko’rsatishingiz mumkin.

Sug'urta polisini oldindan xarid qilib olish kerak. Biroq, vaziyat turlicha bo’lishi mumkin. Agar siz sug'urta polisini xarid qilishni unutib qo'ygan bo’lsangiz, bu muammo emas. Polisni sayohat mobaynida ham sotib olishingiz mumkin. Ayniqsa, uni onlayn tarzda sotib olish qulaydir. Shuni yodda tutingki, polisning amal qilish muddati boshlangunga qadar sodir bo'lgan voqealar sug'urtalovchi tomonidan sug'urta hodisalari deb e'tirof etilmaydi.

Polisni sotib olish jarayonida, siz bir vaqtning o'zida bir yoki bir nechta mamlakatni tanlashingiz mumkin. Shengen hududidagi bir necha mamlakatlarga sayohat qilish uchun siz "Shengen" tugmasini bosib, qolgan mamlakatlarni birma-bir tanlashingiz kerak. Shunday tarzda, sayohat uchun rejalashtirilgan barcha mamlakatlar polisda ko’rsatiladi.

Qayta qo'ng'iroq