"AVTO-VIP" sug'urta dasturi
O'zingizni to'liq xotirjamlik uchun avtomobilingizni ISTISNOLARSIZ sug'urtalashning noyob usuli! Agar sizning avtomobilingiz baxtsiz hodisa, yong'in, o'g'irlik yoki boshqa sug'urta hodisalari natijasida vayron bo'lgan bo'lsa, "AVTO-VIP" sizga tezda yo'lga qaytishga yordam beradi.


Qanday hollarda biz sizning yo'qotishlaringizni qoplaymiz?
- avtomobilingiz yo'qolganda yoki shikastlanganda: baxtsiz hodisa, o'g'irlik va h.k.;
- haydovchi va yo'lovchilarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilganda;
- sug'urta hodisasi natijasida transport xarajatlari yuzaga kelganda;
- avtomobilingiz bilan bog'liq texnik muammolar yuzaga kelganda: yonilg'i tugashi, shinalar shikastlanishi yoki akkamulyator tugashi;
- evakuator chaqirish, zararni baholash, avtomobil ijaraga berish, shuningdek avtomobilni ta'mirlash paytida taksi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari.
O’zingiz uchun eng qulay rasmiylashtirish yo’lini tanglang
• Onlayn
Shunchaki to'ldirish shakliga o’z ma’lumotlaringizni kiriting, onlayn to'lovni amalga oshiring va polis Sizga elektron pochta yoki ommaviy messenjerlar orqali yuboriladi
• Telefon orqali
1166 raqamiga qo'ng'iroq qiling va operatorga o'zingiz haqidagi ma’lumotlarni yetkazing. Bir necha daqiqadan so'ng Sizga sug'urta polisingiz elektron pochta yoki ommaviy messenjerlar orqali yuboriladi.
• Kompaniyaning ofislari


Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?
- Avtohalokat sodir bo'lgan joydan avtomobilni boshqa joyga ko'chirmang, favqulodda ogohlantirish chiroqlarini yoqing va ogohlantirish uchburchagini o'rnating;
- YPX xodimlarini chaqiring;
- Agar biron kim jarohat olgan bo'lsa, 103 raqammi orqali tez yordam xizmatini chaqiring;
- GROSS INSURANCE mobil yordamchisi yoki 1166 raqami orqali avariya komissarlar guruhini chaqiring.