Mini-futbol bo‘yicha IV Xalqaro Xayriya turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani

20-avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Press-klubida Mini-futbol bo‘yicha IV Xalqaro Xayriya turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va turnir ishtirokchilari o‘rtasida qur’a tashlash marosimi ham o'tkazildi. 

Bu yil turnirda 16 ta jamoa ishtirok etadi! Bu esa "O‘zbekiston" sport majmuasi maydoni va tribunalariga bitta ezgu maqsad  —  yordamga muhtoj bo‘lgan bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1000 dan ortiq odam yig‘iladi, demakdir!

Shuni ta'kidlash joizki, mazkur tadbir davomida mehmonlar imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur ishlarni 4-5- sentabr kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida  o‘tkaziladigan turnir davomida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu tadbir ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda va yorqin voqealikka aylanmoqda! Biz, o‘z navbatida, tadbirning tashabbuskori bo‘lganimizdan chin dildan mamnunmiz va mazkur masalada bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan - O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, "MEHRLI QO‘LLAR" Yoshlar  va imkoniyati cheklangan bolalar markazi,  O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,  Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda barcha ishtirok etuvchi jamoalardan minnatdormiz!

Turnir boshlanishini sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

Qayta qo'ng'iroq