Diqqat tanlov! Gross Insurance hamkorlikka taklif etadi

Gross Insurance MChJ sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasi, 23-uy manzili bo‘yicha “Avto, moto va velotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatadigan kompleks stansiya qurilishi” loyihasi eskizini (Concept design) ishlab chiqishga tanlovda ishtirok etishni taklif etadi.

Da’vogarga loyiha eskizi ishlanmasiga quyidagi bo‘limlarni kiritish taklif etiladi:

1. Matnli qism, shu jumladan arxitektura konsepsiyasi, tushuntirish yozuvlari, obyektlar kompleksi tarkibi, texnologik jarayonlar bayoni va hokazo;

2. Grafik materiallar rangli ijroda elektron (CD-disk) va qog‘oz variantida (planshetlar), shu jumladan vaziyat rejasi, bosh reja, fasadlar, kesimlar, qavatlar va tom rejasi, 3-D grafika “istiqbolda” va “qush uchish balandligida” va hokazo.;

3. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shu jumladan obyektning quvvati (o‘tkazish qobiliyati, texnologik liniyalarning ish unumi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni, bino va inshootlarning qavatlari soni, qurilish hajmi, qurilish maydoni, umumiy maydon, yer uchastkasi hududiga yaqin maydon strukturasi va hokazo);

4. Loyihani amalga oshirish qiymatining taxminiy hisob-kitobi va muddatlari.

Loyiha takliflarini taqdim etish muddati — 01.07.2019-yilgacha.

Loyiha takliflarini ko‘rib chiqish muddati ishtirokchilarga qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari bilan quyidagi sovrinlar fondi ko‘zda tutilgan:

— 1-o‘rinni egallagan g‘olib uchun mukofot miqdori 20,0 mln. so‘m;

— 2-o‘rinni egallagan da’vogar uchun tegishlicha 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi.

Ko‘rsatilgan summalar o‘z ichiga barcha soliqlar va ajratmalarni oladi. Taqdirlashdan so‘ng tanlov g‘oliblarining barcha ishlab chiqqan materiallari tanlov tashkilotchilari mulkiga o‘tadi va ularning ixtiyoriga ko‘ra foydalaniladi.

Shuningdek, ijara asosida foydalanish uchun binoning rekonstruksiya ishlari tugallanayotgan quyidagi binolar taklif etiladi, manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 21-a.

1. Asosiy bino ichidagi umumiy maydoni 320 m2 bo‘lgan savdo binolari kompleksi, shu jumladan 1-qavatda umumiy maydoni 220 m2 bo‘lgan savdo zali va yerto‘la qavatida umumiy maydoni 100 m2 li omborxona.

2. Asosiy bino ichidagi umumiy maydoni 430 m2 bo‘lgan umumiy ovqatlanish punkti binolari kompleksi, shu jumladan 1-qavatda umumiy maydoni 292 m2 bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni qabul qilish joyi va yerto‘la hududi umumiy maydoni 138 m2 li yordamchi xonalar.

3. Asosiy bino ichidagi umumiy maydoni 405 m2 bo‘lgan umumiy ovqatlanish punkti binolari kompleksi, shu jumladan 1-qavatda umumiy maydoni 280 m2 bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni qabul qilish joyi va yerto‘la qavatida umumiy maydoni 125 m2 li yordamchi xonalar

4. Asosiy bino ichidagi umumiy maydoni 486 m2 bo‘lgan savdo binolari kompleksi, shu jumladan 1-qavatda umumiy maydoni 178 m2 bo‘lgan savdo zali va yerto‘la qavatida umumiy maydoni 308 m2 li omborxona.

5. Asosiy bino ichidagi umumiy maydoni 486 m2 bo‘lgan savdo binolari kompleksi, shu jumladan 1-qavatda umumiy maydoni 178 m2 bo‘lgan savdo zali va yerto‘la qavatida umumiy maydoni 308 m2 li omborxona.

Obyektni joriy yilning avgustidada ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu muddatgacha manfaatdor ijarachilar binolar kompleksi loyiha yechimiga zarur aniqliklarni kiritish huquqiga ega.

Loyiha takliflarini taqdim etish muddati — 2019-yil 1-iyulgacha. Interyerni bezatish va jihozlash, texnologik va mebel uskunalari yetkazib berish, muhandislik infrastrukturasiga ulanish va ishga tushirish-sozlash ijarachi hisobiga amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun: Sh. Shukurullayev (99) 889-19-09, Z. Muradov (90) 175-74-68.

Yagona raqam 1166

www.daryo.uz