"Bolaga ertak hadya eting" xayriya aktsiyasi

Navro'z bayrami arafasida "GROSS INSURANCE", "ORIENT FINANS BANK" va "NEW LIFE INSURANCE" Xalq ta'limi vazirligi ko'magida "Bolalarga ertak sovg'a qiling" xayriya aksiyasi haqida e'lon qilishadi.
Har bir insonning bolalikdan sevimli kitobi bor. Bugungi kunda bosma adabiyotlarni olishda har kimni ham qurbi yetavermaydi. Yosh avlodni rivojlantirish va tarbiyalash bilan shug'ullanadigan har bir muassasa kutubxonani muntazam yangilanib va to'ldirib borishga muhtoj.
21 martdan 31 martgacha ish soatlari mobaynida respublika bo'ylab har bir kishi bolalar kutubxonalarini yaratishga o'z hissasini qo'shishi mumkin!
 
Aktsiyada ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
- Kitob sotib oling yoki uy kutubxonangizdan bir yoki bir nechta kitobni tanlab oling
- Kitob hoshiyasida o'z istaklaringizni qoldiring
- Kitoblarni qabul qilish shoxobchalariga olib boring
 
Aksiya yakunida biz, Xalq ta'limi vazirligi ko'magida, kitoblarni sizning hududdagi maktablar, mehribonlik uylari, internatlar va bolalar shifoxonalariga tarqatamiz!
 
Biz bilan bolalarga ertak sovg'a qiling!