Biz haqimizda

"GROSS INSURANCE" kompaniyasi o'z faoliyatini 2011 yil noyabr oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining barcha 17 ta sug'urta klassi uchun berilgan litsenziyasi asosida ixtiyoriy va majburiy shakllarda sug’urtalash bo’yicha o’z faolitaini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu 7 yil davomida kompaniya faol rivojlanib, o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga shaxdam qadam bosib kelmoqda. Shu davr mobaynida kompaniya noyob va o’ziga hos tajribaga va o’z salohiyatiga ega bo’ldi, shu tafayli minglab odamlar va korxonalar o’z manfaatlarini himoya qilish uchun bizga ishonch bildirmoqda.

Bugungi kunda "GROSS INSURANCE" kompaniyasi mamlakatning eng jadal rivojlanayotgan sug'urta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Sug’urta mahsulotlarining zamonaviiyligi va ularning xilma-xilligi, moliyaviy barqarorlik, olingan majburiyatlarni qa’tiy ravishda bajarish va ochiq biznes yuritish, mintaqaviy tarmoqlarining faol rivojlantirilishi, har bir mijozga invidual yondashuv hamda mamlakatning barcha hududlarida tarmoqlar mavjudligi "GROSS INSURANCE" kompaniyasining yuqori o’sish sur’atlarini, mijozlar va hamkorlarning ishonch bildirishini ta’minlamoqda.

2018 yil yakunlariga ko'ra, "GROSS INSURANCE" kompaniyasi O'zbekiston sug'urta bozorining etakchi kompaniyalari orasida (umumiy sug'urta bo’yicha) kuchli 3-talikka kiradi, nodavlat sug'urta kompaniyalari orasida esa 1-o'rinni egallaydi.

2018 yilda kompaniyamizga "Ahbor-reyting" reyting agentligi tomonidan "uzA++" (eng yuqori ishonchlilik darajasi) reyting darajasi berildi.

Kompaniyaning ustav kapitali 30,1 mlrd. so'mni tashkil etadi. "GROSS INSURANCE" kompaniyasining moliyaviy barqarorligini, katta miqdordagi ustav kapitalining shakllantirilganligi, qaltisliklarni qayta sug’urtalashning samarali tizimi, jumladan, halqaro kapital bozorlarida ham, shuningdek bo’sh turgan mablag’larni investiciyalashning moslashuvchan mehanizmlari ta’minlab berdi.  Bu esa, kompaniyaga yirik qaltisliklarini sug’urtaga qilishga va mijozlarga ishonchli sug’urta himoyasini kafolatlashga imkon beradi.

Kompaniya mamlakatning barcha hududlarini qamrab olgan va aholi orasida sug’urta hizmatlarini keng joriy yetishni ta’minlaydigan bo’linmalarning keng va faol ish yurituvchi tarmoqlariga ega. 2019 yilning 1-yanvar holatiga ko’ra kompaniyaning hududiy tarmoglar filiallari 100 tadan ortdi.

"GROSS INSURANCE" kompaniyasi erishilgan yutuqlar bilan kafolatlanib qolmay, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va tezkorligini oshirish, mijozlar va hamkorlar uchun qulayliklar yaratish bo'yicha doimiy ish olib boradi. Kompaniyada kechayu-kunduz ishlaydigan mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi mavjud, tibbiy sug'urta bo'yicha mijozlarga xizmat ko'rsatishni tashkil etuvchi o'z professional tibbiy guruhimiz ish faoliyatini boshlagan, shuningdek, 24 soat davomida ishlaydigan Favqulodda komissarlar guruhi ham faol ish olib bormoqda.

Kompaniyamizning ambitsion harakatlari natijasida mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularni hal qilish uchun qulay echimlarni taklif qilish imkonini beradi. Masalan, 2018 yilda onlayn tarzda sug'urta qilish imkoniyati joriy etildi hamda sug'urta bozorida analogi bo'lmagan "Gross INSURANCE mobil yordamchi" ilovasi ishga tushirildi va O'zbekiston bozorida qulay sug'urta xizmatlarini taqdim etishning yangi standarti joriy etildi.