AVTO-VIP. Shinamlikni qadrlaydiganlar uchun

Hayotning zamonaviy maromi bilan muvaffaqiyat qozonmoqchi boʻlgan har bir shaxs pul va vaqtni ortiqcha sarf etishni oʻziga ep koʻra olmaydi. Faqatgina tegishli reja va pand berib qoʻymaydigan transport vositasi mavjud boʻlgan holdagina har yerda har narsaga ulgurish mumkin. YTHda kim haq va kim nohaqligini aniqlamoqchi emasmisiz? Avtomobilni xotirjam boshqarmoqchimisiz?

AVTO-VIP polisi aynan siz uchun aʼlo darajada toʻgʻri keladi. Avtomobil qiymatining atigi 2 foizi evaziga zararlar hech qanday istisnolarsiz qoplanadi! Avariya komissarlari guruhini har qanday vaqtda chaqiring.

Mazkur sugʻurta polisi sizga quyidagilarni kafolatlaydi:

- Avtomobilda oʻgʻirlik sodir etilgan, avtomobil oʻgʻirlab ketilgan holatda va uchinchi shaxslarning boshqa harakatlari holatida kompensatsiya;

- Transport vositasini taʼmirlash uchun sizga va YTHning boshqa ishtirokchilariga beriladigan kompensatsiya;

- Sizning va YTH boshqa ishtirokchilarining salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash;

- Taksi yoki avtomobil ijarasi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.

 

Bundan tashqari, AVTO-VIP sizga quyidagi xizmatlar kiradigan bepul texnik yordamdan foydalanish imkonini beradi:

YOQILGʻI YETKAZIB BЕRISH - sizga AYOQSHga yetib borish uchun yetarli miqdorda yoqilgʻi yetkazib beriladi;

DVIGATЕLNI ISHGA TUSHIRISH - akkumulyatorni quvvatlantirish taʼminlanadi;

GʻILDIRAK ALMASHTIRISH - gʻildirakni boshqasiga almashtirib beramiz yoki dami chiqib ketgan boʻlsa, dam urib beramiz.

Sizga eng yaqin joylashgan ofisni quyidagi ilova orqali izlang: https://gross.uz/m

Qoʻngʻiroq qiling: 1166

Qayta qo'ng'iroq