20 nafar eng omadli shaxmat shinavandasi yosh iste`dod egasiga qarshi dona surdi

GROSS INSURANCE sug`urta kompaniyasi va O’zbekiston SHaxmat Federatsiyasi hamkorligida 2018-yil 10 oktyabr kuni,  yurtimiz shaxmat muxlislari uchun katta shaxmat bayramini hadya qildi. Shu kuni "GROSS INSURANCE" sug`urta kompaniyasining sport elchisi Nodirbek Abdusattorov bilan shaxmat seansi bo’lib o’tdi.

Chempion bilan bahslashish niyatini judayam ko`p shaxmat muxlislari hohish bildirdi, lekin ulardan 20 nafar eng omadli shaxmat shinavandasi yosh iste`dod egasiga qarshi dona surdi. Shu kuni Federatsiya binosi haqiqiy shaxmat arenasiga aylandi va barchani hayojonga soldi.

Alohida qayd etish kerak seans ishtirokchilarining katta qismi yosh shaxmatchilar bo’ldi va bu uchun ularning ota-onalariga alohida tashakkur aytib o’tamiz.
Xalqaro Grossmeyster ustidan hech qaysi ishtirokchi g’alaba qozona olmagan bo’lsada, seansda mag’lub tomon bo’lmadi. Barcha ishtirokchilar Grossmeyster bilan “Yuzma yuz bo’lish” dek imkoniyatga ega bo’lganidan shod bo’lishdi.

Seansning mutloq g’olibi Nodirbek Abdusattorov shaxsan o’ziga eng ko’p yodida qolgan partiyalarni alohida ta`kidlab o’tdi va ishtirokchilarni esdalik uchun sovg’alar bilan taqdirladi.

Yuksak hurmat va ehtirom bilan Kompaniya nomidan va alohida kompaniyaning 400 nafar xodimlari nomidan seans ishtirokchilariga, taklif etilgan mehmonlarga va alohida Nodirbek Abdusattorovga olam-olam quvonch bag’ishlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildirib qolamiz.