Bugun xo'l qor, ertaga esa — yaxmalak bo'lishini va'da qilishyapti!
Yagona raqam: 1166
Sug'urta hodisasi Sug'urta polisi sotib olish
2020-11-28

Bugun xo'l qor, ertaga esa — yaxmalak bo'lishini va'da qilishyapti!

2020-11-28

 Ushbu ob-havo sharoitida avtomobil haydovchilari uchun foydali bo'lgan ba'zi maslahatlar!

 Oynani yuvish moslamasi bachogiga yaxlamaydigan suyuqlikni quying. Buni amalga oshirishdan oldin, yuvish tizimini suv qoldiqlaridan yoki yozgi oyna yuvish uchun mo'ljallangan suyuqlikdan ozod qilishni unutmang. Bachokdagi suv muzga aylanishidan oldin buni amalga oshirishga shoshiling!

 Qulf yaxlab qoldi va eshik ochilmayaptimi? Kalitni ehtiyotkorlik bilan yondirgich yordamida qizdiring va qulfni ochishga harakat qiling. Bizning kuchli bo'lmagan sovuq ob-havoda bu usul yordam berishi kerak. Agar yordam bermasa — qulfga issiq suv seping. Ochganingizdan so'ng darhol suvni quritish lozim — aks holda qulf yana muzlaydi.

 AVTO-VIP ixtiyoriy sug'urta polisini rasmiylashtiring. Gross Insurance sizning avtomobilingizga yetkazilgan zarar bilan bog'liq har qanday xarajatlarni qoplaydi. Buzilish holatlari ro'y berganda esa bizning avariya komissarlari guruhi doimo sizga yordam berish uchun tashrif buyurishadi.

 O'zingizni asrang va yo'llarda ehtiyot bo'ling!

AVTO-VIP polisi haqida batafsil ma'lumot: 1166

Mobil ilova

Bizning yangi mobil ilovamizni yuklab oling va barcha xizmatlarimizdan onlayn tarzda foydalaning!

Mobil ilova